OQURUGʻ

OQURUGʻ — oʻrtapishar mahalliy qovun navi. Shakli yirik (4—7 kg), choʻzin-choq (uz. 38—48 sm), tuxumsimon, uch tomoni ingichka, sirti tekis, sertoʻr, tusi — oq-yashil, jimjimali yashil yoʻllari bor. Pusti qattiq, eti qalin (5,5—6,7 sm), oq, kuvrak. Tarkibida 7,6—11,7% qand, shu jumladan, 5,5 — 8,7% saxaroza, 8,6—11,9% quruq modda bor. Urugʻlari yirik, tuxumsimon, sariq. Urugʻi koʻkarib chiqqandan keyin hosili 80—88 kunda pishadi. Hosildorligi 250—300 s/ga. Uzoqjoylarga tashishga yaroqsiz. Asosan, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida ekiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x