NOʻXATTOSH — 1) mineralogiya-d a — issiq buloklar suvidan choʻkkan ohak zarralarining toʻplanishidan paydo boʻladigan strukturali jins. Noʻxat donasidek, yumaloq (nomi shundan). Struktura jihatidan aragonitning oʻzi. Noʻxattosh markazdan xar tomonga oʻsib chiqqan boʻladi;
2) petrografiyada — yirik solitli ohaktosh. Ozarbayjonda va Chexiyada (Karlova-Vari) uchraydi.