RODEN

RODEN (Rodin) Rone Fransua Ogyust (1840.12.11, Parij — 1917.17.11, Myodon, Parij yaqinida) — fransuz haykaltaroshi; haykaltaroshlikda impressionizm asoschilaridan. Mikelanjelo, Donatello ijodini oʻrgangan hamda gotika haykaltaroshligidan ilhomlangan. Roden ijodiga xos boʻlgan dadillik, murakkab harakatlarni ifodalashdagi jonlilik ilk asarlaridayoq namoyon boʻldi («Bronza asri», gips, 1877; «Kale fuqarolari» haykallar guruhi, bronza, 1895 va b.). 1880-y. dan umrining oxirigacha Dantening «Ilohiy komediya»si, antik afsonalar, bibliya rivoyatlari va b. taʼsirida «Doʻzax darvozasi» gorelyef kompozitsiyasi ustida ishladi; mustaqil asarlar yaratdi («Mutafakkir», bronza, 1888 va b.). R. ning realistik portretlari («J. Dalu», 1883; «V. A. Motsart», 1910 va b.), monumen tal haykallari («V. Gyugo», 1886— 1900; «O. Balzak», 1887 va b.), inson goʻzalligi, sevgi mavzuidagi shoh asarlari («Boʻsa», 1886; «Mangu bahor», 1897 va b.) mashhur. Roden ijodiga xos boʻlgan nur va soya keskinligi, shakllar tasviriyligi (baʼzan oquvchanligi) uni impressionizm asoschisiga aylantirdi. Asarlari, racm va ofortlari, asosan, Parijdagi Roden muzeyida saqlanadi. Roden ijodi 20-a. da turli okimlarda ijod qilgan haykaltaroshlarga dadil ijodiy izlanishlariga turtki bergan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x