YEVROPA VALYUTA BITIMI (European Monetary Agreement) — Yevropa toʻlov ittifoqiga aʼzo boʻlgan mamlakatlarning valyuta munosabatlari, qisqa muddatli kreditlash va koʻp tomonlama oʻzaro (hamkorlik) hisob-kitoblar boʻyicha hamkorlik bitimi. 1955-y. 5 avg. da tuzilib, 1958-y. dek. da (1950-y. da tuzilgan Yevropa toʻlov ittifoqi tugatilib, unga aʼzo boʻlgan koʻpgina mamlakatlarning valyutalari muomalaga kiritilgach) joriy etildi. Yevropa valyuta bitimining maqsadi koʻp tomonlama hisob-kitob ishlarini bajarish orqali iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish edi. 1973-y. ga kelib, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida boʻlgan Yevropa valyuta hamkorligi fondы tashkil etildi. Yevropa valyuta hamkorligi fondiga Direktorlar kengashi rahbarlik qiladi. Hisob-kitob ishlarini Bazeldagi xalqaro bank bajaradi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые