JUVONMARD ALIXON

JUVONMARD ALIXON, Juvonmard sulton, Muiniddin Javonmardali sulton bin Abu Saidxon (?—1578.6.10) — Samarqand hokimi (1572—78). Shayboniylardan. Koʻnkunchixonning nabirasi. Xorazmdagi oʻzaro ichki nizolardan foydalanib Movarounnaxrdagi shayboniylardan Ubaydullaxon, Baroqxon (Navroʻz Ahmadxon) va Hisor sultonlari b-n birgalikda 1532/33 y. larda Xorazmga qilingan yurishda qatnashgan. Baroqxon davrida akasi Gadoyxon bilan Fargʻonada hokim boʻlgan, soʻngra ular Abdullaxon 11 bilan ittifoq boʻlib Baroqxon vafotidan soʻng Samarqandni egallagan Boboxondan shaharni tortib olishadi (1557). Samarqand Juvonmard Alixonning akasi Sulton Saʼidga topshiriladi (1557—72). Uning vafotidan soʻng Juvonmard Alixon taxtga oʻtiradi. J. A. Abdullaxonning Toshkent va Turkiston xonlari Boboxon va Darveshxonlarta qarshi kurashida faol ishtirok etgan, jumladan qoʻshinning oʻng qanotiga oʻgʻillari Abulxayr sulton va Muzaffar sultonlar bilan birga bosh boʻlgan. 1578-y. bahorida ota-bolalar oʻrtasida nizo chiqadi. Abdullaxon 2 oylik qamaldan soʻng (12 apr. —13 iyun) shaharni egallaydi. Juvonmard Alixon oila aʼzolari b-n Navqo qalʼasiga qamalgan. 1578-y. 6 okt. da Abulxayr sulton Abdullaxonning inisi Ibodulla sulton oʻrdugohida oʻldirilgach, Hofiz Tanish Buxoriypint yozishicha, «qutli hukmga muvofiq Eshimbiy jaloir Navqoga bostirib kirib… Juvonmard(xon)ni ikki bolasi bilan (birga) nobud qildi…» («Abdullanoma», 1-j., 314 b.). J. A. Samarqand obodonchiligiga katta eʼtibor bergan, jumladan uni katta hammom soldirgani (1574) maʼlum. Juvonmard Alixon sheʼriyatga ixlosmand boʻlib, oʻzi ham sheʼrlar yozgan. «Tazkirat ush-shuaro» muallifi Mutribiy uning saroyida (70-y. lar) xizmat qilgan. Joʻybor xojalariszm Muhammad Islom uning piri boʻlib, Juvonmard Alixon u bilan xat yozishib turgan.

Ad.: Hasanxoja Nisoriy, Muzakkiri ahbob, T., 1993; Hofi z Tanish alBuxoriy, Abdullanoma, 1-kitob, T., 1999; Ahmedov B. A., Istorikogeograficheskaya literatura Sredney Azii XVI—XVIII vv, T., 1985.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x