REMARK

REMARK (Remargue, Remark) Erix Mariya (1898.22.6, Osnabryuk — 1970.25.9, Lokarno, Shveysariya) — nemis yozuvchisi. Gʻarbda «Yoʻqotilgan avlod» deb atalgan adabiyotning yirik vakili. 1-jahon urushi qatnashchisi. Asarlarida urush dahshatlari, 2-jahon urushi yillari va undan keyingi davrdagi hayotni, fashizmning mudhish qiyofasi, maʼnaviy ezilgan, oʻzini jamiyatdan begonalashgan deb his qiluvchi kishilar qismati aks etgan: «Gʻarbiy frontda hech qanday oʻzgarish yoʻq» (1929) asari uchun gitlerchilar Remarkni nemis fuqaroligidan maxrum etgan. 1932-y. dan muhojirlikda. Urushda maʼnaviy shikastlangan avlodning ayanchli hayoti «Qaytish» (1931) romanining asosiy mazmunini tashkil etadi. «Uch dust» (1938), «Zafar darvozasi» (1946), «Hayot alangasi» (1952), «Hayotmamot pallasi» (1954), «Qora haykal» (1956), «Osmon hech qanday seviklini bilmaydi» (1961), «Lissabondagi tun» (1963), «Jannatdagi soyalar» (1971) va b. asarlar muallifi. «Gʻarbiy frontda hech qanday oʻzgarish yoʻq» va b. asarlaridan parchalar oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x