DINAMOMETAMORFIZM (yun dynamis — kuch va metamorphosis — oʻzgarmoq) — Yer poʻstida togʻ jinslarining strukturaviy, maʼlum darajada tubdan mineral oʻzgarishlari, metamorfizmning bir turi. Dinamometamorfizmning asosiy omillari — tektonik harakatlardan vujudga keladigan (dinamik) va yuqorida yotgan togʻ jinslarining ogʻirligidan qosil boʻladigan (statik) bosim. Taʼsir etgan bosimning xiliga qarab togʻ jinslari qisman yoki butunlay qayta kristallanadi, baʼzan yangi minerallar va togʻ jinslari hosil boʻladi yoki togʻ jinslari mexanik parchalanadi. Dinamometamorfizm asosan Yer poʻstining yuqori struktura zonalarida sodir boʻladi. Dinamometamorfizm natijasida milonitlar va slaneslashish vujudga keladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые