REZBA (rus. rezat — kesmoq soʻzidan) — har xil shaklli detallarning ichki yoki tashqi sirtiga oʻyilgan ariqcha va boʻrtmalar. Mashina detallari, mexanizmlar, asboblar, apparatlar, inshootlarning qismlari va detallarni biriktirish uchun ishlatiladi. Ariqcha va boʻrtmalarning shakliga qarab, uchburchak, toʻgʻri toʻrtburchak, trapetseidal, tirak, truba; oʻlchov tizimiga koʻra, metrik va dyuym; kirim soniga qarab, 1,2 va koʻp kirimli; detalning oʻiilgan sirtiga va yoʻnalishiga qarab, tashqi (vint, bolt va b.) va ichki (gayka) xillarga, oʻramning yoʻnalishiga (chapdan oʻngga yoki oʻngdan chapga) qarab, oʻnaqay va chapaqay xillarga boʻlinadi. Rezbaning ikki qoʻshni boʻrtmasi yoki ariqchasi orasidagi masofa (S) R. qadami deyiladi. U oʻzgarmas (ravon) va kattalashib boradigan boʻlishi mumkin.
Rezbani qoʻlda (plashka, metchik b-n), metall kesish stanoklarida (maxsus moslama — kesish kallagi oʻrnatib), oʻyish va kesish stanoklarida ochish mumkin. Rezba oʻyish stanogi bosym taʼsirida tashqi Rezba oʻyish uchun ishlatiladi. Yassi va dumaloq qurolli xillari bor. Bunda zagotovka sirtidan qirindi olinmaydi. Rezba metall kesish stanogida tashqi hamda ichki Rezba kesish mumkin. Bunda plashka yoki keskichlar yordamida zagotovka sirtidan kirindi olinadi. Rezba qirqish keskichlari oʻrnatilgan kallaklar bilan Rezba ochishning uyurma usuli keng tarqalgan. Bu usulda kallaklar detalga nisbatan ekssentrik tarzda joylashtiriladi. Detal kallakning bir aylanishiga mos ravishda Rezba kadamiga teng oʻq boʻyicha suriladi.
Rezba elementlari (tashki, ichki va oʻrta diametri, qadami va b.) R. oʻlchash asboblari va qurollari yordamida tekshiriladi. Bular: kalibrlar, mikrometr, rezbomer, Rezba andazalari, sinus lineykalar, mikroskop, optimetr, proyektor va b.