DIATOMIT

DIATOMIT — boʻsh, sertuproq yoki boʻsh sementlangan kremniyli choʻkindi togʻ jinsi. Asosan diatom suvoʻtlardan tash-kil topgan. Tarkibida har xil mikdorda opal sharchalari (globulalar), terrigen va gil minerallari uchraydi. Rangi oq, och kulrang, sargʻish. Sertuproq yoki sementlashgan massalar holida boʻladi. Diatomit mineral tarkibining 70%dan 98% gacha suvli kremnezem (opal)dan iborat. Diatom suvoʻtlarning skeletlari yaxshi eruvchan boʻlganligi sababli Diatomit osongina trepel va opokaga aylanadi. Diatomit boʻr davridan boshlab hosil boʻla boshlagan. Asosiy qismi kaynozoy erasida dengiz va koʻllarda toʻplangan. Issiqlikni yomon oʻtkazadi, kislotaga chidamli. Kimyo, neft, oziq-ovqat, toʻqimachilik, farmatsevtika sanoatida, shuningdek, issiklik va shovqin oʻtkazmaydigan materiallar tayyorlashda ishlatiladi. Oʻzbekistonda Zarafshon vohasida toʻrtlamchi davr (golotsen) gil va qumtoshlari tagida karbonatlashgan Diatomit qatlamlari uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x