JENKINSON

JENKINSON Antoniy (7-1611) – ingliz sayyohi; savdo agenti va diplomat. Yevropa, Osiyo va Afrikaga sayohat qilgan, 1557—72 y. larda Rossiyaga 4-marta kelgan. Jenkinson Angliya bilan Rossiya oʻrtasida ittifoq shartnomasi tuzilgudek boʻlsa, inglizlarni savdo-sotiqda monopol huquqqa ega boʻlishiga, Ivan 1 Uning roziligini olishga erishgan (1567—69). Angliya shartnomani imzolashdan voz kechgan, Ivan IV bu imtiyozlarni bekor qilgan (1570). Jenkinson 1558—59, 1562—64 y. larda Ivan Grozniyning ruxsati bilan Rossiya orqali Eron va Oʻrta Osiyoga elchilik sayohati qilgan. Uning maqsadi Oʻrta Osiyo orqali Xitoy va Sharqiy Hindistonga olib boradigan savdo yoʻlini ochish boʻlgan, biroq u maqsadiga erisha olmagan. Jenkinson elchiligi 21 oy (1558-y. apr.-dan 1559-y. 2 sent. gacha) davom etgan. Unda Richard va Robert Jonsonlar va Aziz ismli tarjimon (tatar) hamrohlik qilgan. Jenkinson bu elchilik sayohati haqida «Rossiyadagi Moskov shahridan Baqtriyadagi Buxoro shahriga sayohat» nomli esdaliklarini yozib qoldirgan. U Xitoyga olib boradigan yoʻllar toʻgʻrisida maʼlumotlar toʻplagan. U Saroychiq, Xorazmdagi Vazir va Urganch sh. lari haqida qimmatli maʼlumotlarni keltirgan. J. Amudaryo, Mangʻit ulusi, Xorazm va Buxoro xonligining 16a. oʻrtasidagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, shuningdek, Oʻrta Osiyo xalqlarining turmushi, odatlari va b. haqida muhim tarixiy maʼlumotlar yozib qoldirgan.

Ad.: Puteshestviye Djenkinsona v Xivu i Buxaru. Puteshestviye v Srednyuyu Aziyu 1558 — 1559 gg. [V kn.: Angliyskiye puteshestvenniki v Moskovskom gosudarstve v XVI v., perevod s angliyskogo Yu. V. Gotye], L., 1937; Axmedov B. A., Istoriko geograficheskaya literatura Sredney Azii XVI—XVIII vv., Pismennыye pamyatniki, T., 1985.

Naim Norqulov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x