OMOT TILLARI

OMOT TILLARI — Jan.-Gʻarbiy Efiopiyada tarqalgan tillar guruhi. Soʻzlashuvchilarning umumiy mikdori 2 mln. kishiga yaqin. Omot tillarining genetik mansubligi haqidagi fikrlar bir xil emas: baʼzi olimlar ularni kushit tillari tarmogʻiga mansub desalar, koʻpchilik olimlar Omot tillari afrika-osiyo tillarining alohida guruhi deb hisoblaydilar.

Omot tillarining asosiy guruhchalari: aribanna, dizimaji, kaffa, gimirra-janjero, ometo (volamo, ometo, chara, zayse va b. tillar). Omot tillari fonologik jihatdan boshqa kushit tillariga yaqin; lablangan va chuqur til orqa undoshlari mavjud emas; otlarda jins va son grammatik kategoriyalari barham topgan, lekin kelishik kategoriyasi ri-vojlangan; sifat alohida soʻz turkumi tarzida ajratilmaydi. Koʻplik sondagi kishilik olmoshlari; suffikslar yordamida soʻz va shakl yasalishi, gapdagi soʻz tartibi kushit tillaridagiga oʻxshash, leksikasi bir oz farq qiladi. Omot tillari oʻz yozuvlariga ega emas.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x