RAVVIN (qad. yahudiycha rabbi — ustozim) — iudaizmda dindorlar jamoasining rahbari, din xizmatchisi. Ravvin diniy aqidalarni talqin qiladi, diniy marosimlarga oid masalalarni hal etadi, baʼzi marosimlarni bajarib beradi, sinagogada vaʼz-nasihat qiladi.