ODIMCHILAR (Geometridae) – kapalaklar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. 12 ming turi maʼlum. Qanotlari yoyilganda 14—50 mm. Odimchilar kapalagining rangi boʻgʻiq kulrang, qanotlari katga, xartumchasi rivojlangan, erka-gining moʻylovlari patsimon yoki ta-roqsimon. Qurtlarining qorin oyoklari 2 ta, kamdan-kam 3—4 juft, harakatlanganida dastlab tanasining oldingi qismini ilgari suradi, soʻngra orqa qismini tortib oladi (goʻyo «odimlagandek» boʻladi; nomi ham shundan).
Sugʻorma dehqonchilik mintaqalarida koʻp uchraydi. Odimchilar barglar orqasiga, poʻstloq yoriqlariga, kurtak uchiga bittadan yoki toʻp-toʻp qilib tuxum qoʻyadi. Qurtining rivojlanishi 1—2 oy da-vom etib, tuprokda, toʻkilgan barglar orasida gʻumbakka aylanadi. Odimchilar oʻsimlik bargi, kurtaklari va b. bilan oziqlanadi. Asosan, begona oʻtlar orasida va bedazorlarda hayot kechiradi.
Kurash choralari: bedazorlarga fozalon (1,5 kg/ga), xlorofosning hoʻllanuvchi kukuni yoki texnik xlorofos (1,5 kg/ga), ambushning 25%li emulgirlanuvchi kukuni va b. bilan ishlov beriladi.