YOYILUVCHANLIK

YOYILUVCHANLIK — qattiq jismlar (mas, metall va qotishmalar)ning mexanik kuchlanish va uzgarmas (statik) nagruzka (yuk, kuch) taʼsirida sekinasta uzluksiz plastik deformatsiyalanishi (q. Deformatsiya). Yo. hodisasi bir necha yuz yillar oldin sezilgan. Biroq metall va qotishmalar, rezina, shishalarning Yoyiluvchanlik xossalari 1940-y. lardan boshlab izchil ravishda tekshirila boshlangan. Texnikaning rivojlanishi bilan yuqori tra va nagruzkada ishlaydigan mashina detallari (bugʻ va gaz turbinalari, reaktiv dvigatellar va raketalarning disk va kuraklari)ning Yoyiluvchanlik xossalari aniklangan. Natijada bu detallarni maxsus konstruksion materiallar (olovbardosh qotishmalar)dan tayyorlashga toʻgʻri keldi. Yoyiluvchanlik faqat yuqori tralardagina emas, balki past tralarda ham vujudga keladi. Mas, kadmiyda — 269° da, temirda — 169° da Yoyiluvchanlik seziladi. Suyukdanish trasi past boʻlgan metallar (qoʻrgʻoshin, alyuminiy), beton, yogʻoch, rezina, kauchuk, plastmassalarda Yoyiluvchanlikni xona trasida ham kuzatish mumkin. Betonga xos Yoyiluvchanlik uning kanchalik yangiligiga bogʻliq boʻladi. Metall va qotishmalardagi Yoyiluvchanlikni choʻzish, burash va egish usuli bilan aniqlash mumkin. Bulardan eng keng tarqalgani choʻzish usulidir. Bunda sinaladigan metalldan namuna tayyorlanadi va uning ikki uchini qisqichlarga mahkamlab, pechga kiritiladi va zarur tragacha qizdiriladi. Namunaga uzgarmas nagruzka uzoq taʼsir ettiriladi. Tra termoelektrik pirometr bn, deformatsiya esa maxsus asbob bilan ulchanadi. Oʻzgarmas nagruzka qancha kichik boʻlsa, Yoyiluvchanlik shuncha sekin boradi va namuna shuncha uzok, vaqtga chidaydi. Metall va qotishmalarning uzoq davom etadigan oʻzgarmas nagruzkaga qarshilik koʻrsatish xossasi uning Yoyiluvchanlik chegarasi deb ataladi. Metallarning yuqori tradagi mexanik xossalari ularning Yoyiluvchanlik chegaralariga bogʻliq. Mashinalarning yuqori trada mexanik nagruzkalarda ishlaydigan detallari uchun Yoyiluvchanlikning ahamiyati katta.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x