JUN QIRQISH AGREGATI

JUN QIRQISH AGREGATIqoʻychilik fermalari va yaylovlardagi punktlarda qoʻy junini qirqishda ishlati-ladigan texnologik jihozlar majmui. Elektr-mexanik (1, 12 va 24 mashinkali) va mexanik (4 mashinkali) xillari bor. Asosan bir MSO=77B mashinkali ESA=1D (500 ta qoʻyga), 12 ta mashinkali ESA=12G (8—12 ming qoʻyga), yuqori chastotali 6 ta MSU — 200 mashinkali ESA-6/200 yoki 24 ta shunday mashinkali VSS-24/200 va KTO-24 Jun qirqish agregati (20 ming qoʻyga) ishlatiladi.

Elektr mashinkalar AOL-012-ZS uch fazali asinxron elektr dvigateli yordamida egiluvchan val orqali ishlaydi. Har qaysi mashinkaning quvvati 0,12 kVt; kuchlanishi 220/380 V; tok kuchi 0,59— 0,35 A; aylanish chastotasi 46,6 s-1.

Jun qirqish agregati ishlatiladigan joyda juni kirqilgan qoʻylarni veterinariya ishlovidan oʻtkazish, qoʻzilarni ajratish, qoʻylarni saklash joylari boʻladi. 24 mashinkali Jun qirqish agregati ishlatiladigan punktda bundan tashqari, jun transportyori, junni zichlash pressi, saralash stoli, tarozi, pichoq va taroqlarni charxlash hamda yetiltirish apparatlari boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x