OVOZA, ovoz — Oʻn ikki maqom tizimidagi pardalar tuzilmasi. Ovozalar 6 ta boʻlib, Navroʻz, Salmak, Gardoniya, Guvasht, Moya va Shahnoz deb nomlangan. Ovoza larning koʻplari maqomlar bosh pardasiga nisbatan kvarta, kvinta baland pardalardan boshlanib, musiqa asarlarida ogʻishma natijasida yuzaga keladigan yangi lad-tonalliklar oʻrnini egallagan. Ovozalar Shashmakrmning shakllanishiga ham taʼsir koʻrsatgan va ularning baʼzilari, keyinchalik ma-qom shoʻbalari tarkibiga kiritilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые