QIZILSUV GʻORI

QIZILSUV GʻORIQashqadaryo viloyati Qamashi tumani hududidagi gʻor. Toshqoʻrgʻon qishlogʻidan 6 km shim. sharqsa, Qizildaryo vodiysida, 2160 m balandlikda. Yuqori yura davriga mansub gips qatlamlarida hosil boʻlgan. Gʻorning kirish qismi gʻarb tomonida (eni 6 m, bal. 2 m dan ziyodroq). Gʻorning tuzilishi yoʻlak shaklida, eni 2 m dan 7 m gacha, balandligi baʼzi joylarida 0,4—0,8 m, ayrim joylarida 3—6 m ga yetadi. Sahnida shipdan qulab tushgan tosh parchalari uyumlari bor. Gʻor sahni ichkariga tomon koʻtarilab boradi. Shipi va devorlaridan suv tomib turadi. Havo t-rasi kirish qismida 18°, ichkarisida 8°, nisbiy namligi 99% (iyul oyida). Gʻorning umumiy uz. 110 m, sahni 230 m2, hajmi 700 m3 ga yaqin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x