NUBIYA-ARABISTON QALQONI

NUBIYA-ARABISTON QALQONIAfrika platformasi tokembriy fundamentining shim.-sharqiy qismidagi turtib chiqqan joyi. Qizil dengiz riftining N.-A. q. oʻq. qismini kesib oʻtishi tufayli qalqonning gʻarbiy qismi Afrika (Nubiya choʻli)da, shar-qiy qismi esa Arabiston ya. o. ning gʻarbiy hududida joylashgan. Yoshi jihatdan yuqori proterozoyga mansub boʻlgan gneyslarning juda qalin va mustahkam oʻrnashgan qatlami va kvarsit hamda marmarlarning bir necha qatlaridan tuzilgan kristallik va metamorfik slaneslardan hosil boʻlgan. Jinslarning bu qalin qatlami granitlar in-truziyasi (bir necha generatsiya) tomonidan yorib chiqilgan. Bazaltlarning yosh otqindilari ham mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x