NOTARIAT

NOTARIAT (lot. notarius — mirza, kotib) — yuridik ahamiyatga ega boʻlgan huquklar va faktlarni tasdiklash vazifasi topshirilgan va qonunda nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarnp bajaruvchi organlar tizimi. Oʻzbekiston Respublikasida davlat va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarial idoralar Notariat tizimini tash-kil etadi, ular boʻlmagan aholi yashay-digan joylarda baʼzi notarial hara-katlar fuqarolar yigʻinlarining ra-islari (oqsoqollar) tomonidan amalga oshiriladi. Notarial idoralar yuridik faktlarni belgilaydigan va fuqarolik huquklari toʻgʻrisidagi nizolarni hal qiluvchi sud muassasalaridan farqlanadi. Bu idoralar fukarolar bilan bevosita uchrashish yoʻli b-n yoki qonunda koʻrsatilgan hollarda hujjatlarga asosan nizosiz huquklarni va yuridik faktlarni tasdiklaydi.

Oʻzbekiston Respublikasida Notariatning tashkil etilish prinsiplari va faoliyati OʻzRning «Notariat toʻgʻrisida»gi qonuni (1996-y. 26 dek.), OʻzR Va-zirlar Mahkamasining Notariat toʻgʻrisida chiqargan qarorlari va OʻzR Adliya va-zirligi tomonidan tasdiqlangan «Oʻzbekiston Respublikasi notarial idoralari tomonidan notarial harakatlarni bajarish tartibi toʻgʻrisida»gi, «Oʻzbekiston Respublikasi davlat notarial idoralarining notariuslari va xususiy amaliyot bilan shugullanuvchi notariuslarning notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida»gi 1997-y. 28 apr. dagi qoʻllanmasi, OʻzR Adliya vazirligi hayʼatining 1997-y. 28 apr. dagi qarori b-n tasdiqlangan «Oʻzbekiston Respublikasi davlat notarial idoralarida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning ish yuritish tartibi haqida»gi, «Oʻzbekiston Respublikasi shaharchalar, qishloqlar va ovullar fukarolari yiginlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan belgilangan notarial hara-katlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida»gi qoʻllanmalari hamda boshqa huquqiy hujjatlarga asoslanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x