Homilador bo‘lsam, mastit yo‘qoladimi?

Ikkita farzandim bor.Bir necha xafta davomida o‘ng ko‘kragimda simillagan og‘riq bezovta qilgani bois, shifokorga ko‘ringandim. UTT tekshiruvi menda mastit yuzaga kelganini ko‘rsatdi. Shifokorlar muolajalardan so‘ng homilador bo‘lsang, mastit so‘rilib ketadi deyishdi. Bunga ishonsam bo‘ladimi?

mastit

Nigora Mahmudova, mammolog:

Mastit – sut bezining yallig‘lanishi bo‘lib, ko‘krak uchi yoki atrofining yorilgan,shilingan qismidan mikrob kirishi oqibatida yuzaga keladi. Kasallik og‘riq berib, tana haroratining ko‘tarilishiga olib kelishi ham mumkin. Bunday vaqtlarda yallig‘lanishga qarshi preparatlar buyurilib, shifokor nazoratida davolaniladi. Ammo homilador bo‘lish mastitdan halos bo‘lish degani emas. Faqat kerakli va o‘z vaqtida bajarilgan muolajagina yaxshi natijani ko‘rsatishi mumkin. Agar kasallik o‘tkazilib yuborilsa, jarrohlik aralashuviga olib kelishi ham hech gap emas. Shu bois mammolog ko‘rigidan o‘tib, maxsus terapiya muolajalarini qabul qiling.

Manba: Sugdiyona.uz

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x