JANUBIY OLAMUSHUK — Andijon viloyati Jalolquduq tumanidagi shaharcha (1947-y. dan). Tumanning shim. dagi adirda joylashgan. Yaqin t. y. stansiyasi — Gurunchmozordan 6 km. Axolisi 6,7 ming kishi (2000), asosan oʻzbeklar. J. O. 1943-y. neft konining topilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Aholining koʻpchiligi neft konida ishlaydi. Janubiy Olamushukda 2 umumiy taʼlim maktabi, musiqa maktabi, tikuvchilik f-kasi, avtokorxona, madaniy-maishiy xizmat k-ti, savdo shoxobchalari, fizioterapiya sanatoriysi bor. Oʻrta osiyolik tarixchi Narshaxiy (10-a. 1-yarmi) hozirgi Janubiy Olamushuk yaqinida Koh qishlogʻi boʻlganligi, uning yonida «Raboti sarhang» qabristoni borligini yozgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые