— Men balog‘atga yetgan bo‘lsam-da xanuzgacha hayz ko‘rmayapman, nima uchun shunday?
Mahmuda Imomqulov, akusher-ginekolog:
— Zudlik bilan shifokor endikronologga ko‘rinib to‘liq tibbiy tekshiruvdan o‘tishingiz zarur. Chunki ba’zan endokrin bezlari (qalqonsimon, gipofiz, buyrak usti bezlari) ishining ishdan chiqishi, jinsiy gormonlar yetishmasligi, bachadondagi turli nuqsonlar, masalan qiz bola bachadonsiz tug‘ilgan bo‘lsa (gipoplaziya) yoki tuxumdon faoliyatining susayishi hayz ko‘rmaslikka olib keladi. Asosiy sabab aniqlangandan keyin o‘tkazilgan davolash ishlari albatta naf beradi.