NOSIR Jamol Abdul

NOSIR Jamol Abdul (1918.15.1, Misr, Asyut viloyati Bann Mur qishlogʻi — 1970.28.9, Qohira) – Misr Arab Respublikasining davlat va siyosiy arbobi, 1939-y. harbiy bilim yur-tini, 1942-y. harbiy-shtab kollejini tugatgan. 1948 — 1949-y. lardagi Arab—Isroil urushi ishtirokchisi, «Ozod zobitlar» tashkilotini tuzib inqilobiy harakatga rahbarlik qilgan. N. Inqilobiy kengashning av-valo rais oʻrinbosari, soʻng raisi, 1952—56 y. larda Misr Bosh vaziri oʻrinbosari, Ichki ishlar vaziri, Bosh vaziri boʻlgan. 1956-y. iyun — 1958-y. fev. da Misr prezidenti. 1956-y. Misr xalqining ingliz-fransuz-isroil agressiyasiga qarshi kurashiga boshchilik kdlgan. 1958-y. N. rahbarligida Misr b-n Suriya qoʻshilib, Birlashgan Arab Respublikasi (BAR) vujudga keldi. Nosir 1958-y. BAR prezidenti, 1963-y. Arab sotsialistik ittifoqining raisi, 1956-y. dan BAR qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni. 1961-y. da Suriyani BARdan ajralib chiqishi Nosirning umum millatparvarlik siyosatiga hamda 1967-y. dagi Isroil b-n boʻlgan «olti kunlik urush»da Misr armiyasining yengilishi Nosirning siyosiy mavqeiga sezilarli zarba bergan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x