O‘z moyaklarini baholash juda ham oson va yengil jarayondir, buning uchun eng qulay payt yengil dush olingach yoki iliq suvda cho‘milgandan keyin yorg‘oqning bo‘shashgan paytidir.
Moyaklarni har qanday kasalligi va ayniqsa o‘smasi agar erta va o‘z vaqtida aniqlansa davolash natijasi ijobiy yakunlanadigan holatdir.
Buning uchun har qanday yosh erkak kishining o‘z moyaklari bir oyda bir marotaba tekshirib turishi maqsadga muvofiqdir va agar paydo bo‘lgan kichik shubha yoki kichik shish kuzatilsa darhol shifokorga murojaat qilish kerak.
Ikkala moyaklar bir vaqtning o‘zida tekshirilgani ma’quldir. Kaftining yuza qismini yorg‘oq ortiga qo‘yib barmoq bilan to‘qimalar strukturasining bir tekisdaligiga e’tibor beriladi, normal holatdek kuzatilmasa darhol urolog andrologga murojaat qilish kerak.
Murodov Zarifjon, androlog. Andrology.uz