RUSTAVI

RUSTAVI — Gruziyadagi shahar (1948-y. dan). Kura daryosi boʻyida. Tbilisi sh. dan 27 km jan. sharkda. T. y. stansiyasi. Aholisi 162 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Rustavida qora va rangli metallurgiya korxonalari, «Azot» va «Ximvolokno» kimyo i. ch. birlashmalari, kransozlik, qurilish va yoʻl mashinalarini taʼmirlash, taʼmirlashmexanika, metall konstruksiyalar, sement, «Sentrolit» zdlari, uysozlik, temirbeton buyumlar, kurilish materiallari, yogʻochsozlik korxonalari, oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari faoliyat koʻrsatadi.

Bir necha oʻrta maxsus bilim yurti, drama teatri, oʻlkashunoslik muzeyi, stadion, sport majmui mavjud. Rustavi yonida Tbilisi issiqlik elektr st-yasi bor. Shahar metallurgiya zdi qurilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Shaharning Kura daryosi chap sohilidagi щyemila 13-a. da moʻgʻullar tomonidan vayronaga aylantirilgan qad. shaharning qoldiqlari aniqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x