NISHON CHOʻLI

NISHON CHOʻLIQashqadaryo viloyatining jan.-gʻarbiy qismida (Qarshi choʻlining jan. da)gi choʻl. Yer yuzasi tekislik va qirlar (Qoraqir, bal. 500 m gacha, Doʻltalitogʻ, bal. 510 m gacha, Alouddintogʻ, bal. 485 m gacha) dan iborat. Qirlar vaqtincha suv oquvchi soy va jarliklar bilan parchalangan. Qoraqirning soy va jarlar bilan zich va chuqur kesilgan sharqiy qismi «Sakson-dara» deb ataladi. Tekislik qismida taqirlar ham uchraydi. Choʻlning tekislik qismi toʻrtlamchi davr, qirlar esa boʻr va paleogen davrlari togʻ jinslaridan tuzilgan. Iqlimi keskin kontinental.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x