QON QUYISH

QON QUYISH, gemotransfuziya — davolash muolajasi; qon va uning tarkibiy qismlari (qon plazmasi, eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlar massasi)ni davo maqsadida bemor organizmiga quyish. Qadimda vrachlar qon odamning hayot qobiliyatini oshiradi deb taxmin qilib, qonni yoshartirish maqsadida, ruhiy bemorlarni davolashda qoʻllashgan, lekin bunda Qon quyish oʻrniga uni bemorga iliqholda ichirish tavsiya etilgan. Qon quyishga urinishlar ingliz olimi U. Garvey tomonidan yopiq qon aylanish sistemasining kashf etilishidan (1628) soʻng boshlandi. 19-a. ga kelib odamga faqat odam qonini quyish mumkinligi isbotlandi. Biroq Qon quyish tibbiyot amaliyotiga 20-a. boshlarida kishilarda qonning 4 gruppasi borligi aniklangach. retsipiyent (qon oluvchi) va donor qonining mos kelishi qonuniyatlari oʻrganilgandan soʻng joriy qilindi (q. Qon gruppalari). Donor qonining ivib qolishiga toʻsqinlik qiladigan va uni uzoq muddat saqlaydigan (konservatsiya) vositalarining topilishi Qon quyishning yanada keng tarqalishiga imkon berdi. Qon quyishda donordan olingan qon, shuningdek, qon oʻrnini bosuvchi suyuqliklar ishlatiladi. Shok, koʻp qon yoʻqotish bilan kechadigan operatsiyalar, ichki aʼzolardan (meʼda, oʻpka va b.) qon ketganda, anemiya, yiringli jarayonlarda, kuyganda, zaharlanganda va b. da qon quyiladi. Qonda eritrotsitlar miqdori kamaysa eritrotsitlar massasi, leykotsitlar kamayganda esa leykotsitlar massasi quyiladi. Qon bevosita (donordan retsipiyentga) va bilvosita (donordan olinib, konservantli flakonga solib qoʻyilgan qon ishlatiladi) periferik yoki katta venalarga tomchi-latib, baʼzan koʻp qon yoʻqotilganda oqizib arteriyaga quyiladi; koʻpincha Qon bilak venasidan yuboriladi. Qon quyishdan oldin donor va retsipiyentning qon gruppalari, rezus-faktori tekshiriladi. Qon quyishda retsipiyent bilan donorning qon gruppalari oʻzaro munosib boʻlishiga qatʼiy amal qilinadi. Amaliy transfuziologiya uchun AVO, Kp (rezus), Ke11 (Kell) va b. antigenlar muhim ahamiyatga ega. Qon quyish chogʻida bemorga quyilishi lozim boʻlgan miqdorni bir yoʻla quymay, boʻlib-boʻlib (3 marotaba) yuboriladi, dastlab ozgina qon tez yuborilib bir oz kutiladi, bemorda hech qanday noxushlik alomatlari paydo boʻlmasa. muolaja davom ettiriladi. Qon quyish aseptika qoidalariga rioya qilgan holda vrach nazoratida bajariladi. Qon quyganda belda ogʻriq tursa, koʻngil aynisa, eshakem toshsa Qon quyish toʻxtatilib, bemor darhol adyolga oʻralib, unga issiq choy ichiriladi va vrach buyurgan dori-darmonlar qilinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x