— Farzandli bo‘lganimdan keyin, chilla davrida spiral qo‘ydirgandim. Shunga ham bir yilcha bo‘lib qoldi. Hayz davrida belimda kuchli og‘riq sezaman, hech narsa yoqmay qoladi. Spiralni oldirib tashlasam, hayz davri og‘riqsiz kechadimi?
Zumrad SOBIROVA, ginekolog:
— Bachadon ichi vositalari (spiral) – hozirgi kunda eng qulay va xavfsiz vositalar jumlasiga kiradi. Ammo, ayrim holatlarda bu usulning bir qator nojo‘ya ta’sirlari kuzatilishi mumkin (hayzning ko‘p va davomli kelishi, hayz davrida og‘riqlar kuzatilishi va boshqalar). Shunday holat kuzatiladigan bo‘lsa, albatta bu usuldan voz kechish kerak. Tibbiy nuqtai nazardan, sizga to‘g‘ri keladigan vosita, bu – kontratseptiv tabletkalardir. Shuningdek, bir marotabalik lateks vositalarini ham qo‘llash mumkin. Bu haqda batafsil ma’lumot olish uchun davolovchi shifokoringiz bilan suhbatlashishni tavsiya etamiz.
Hayz siklingizni nazorat qilishni istaysizmi? Homiladorlik uchun unumdor kunlarni bilib, homiladorlikni rejalashtirishni istaysizmi? Unda “Lalu — ayollar kundaligi” mobil ilovasini bepul yuklab oling!
Ilova sizga hayz siklingiz xarakterini tushunib, uni kuzatib borishingizda, ovulyatsiya kunini aniqlashda, homiladorlikni rejalashtirishingizda yordam beradi.
Bundan tashqari, ilova orqali hayz oldi sindromi haqida bildirishnoma olish, sikl buzilishi, fertil kunlar kabi holatlarni prognozlash va kuzatib borish, ginekologiya sohasiga oid maʼlumotlar olish imkoniyati mavjud.