AZOR ANTITSIKLONI

AZOR ANTITSIKLONI — Atlantika okeanining Shim. yarim shardagi subtropik va tropik qismi ustidagi yuqori atmosfera bosimi oblasti. Markazi — 35-parallelda, Azor o. lari yaqinida. Azor antitsiklonining bir tarmogʻi qishda Saxroi Kabirga, yezda esa Oʻrta dengizga va Jan. Yevropaga kirib boradi. Azor antitsiklonining markazida bosim yanv. da 1022 mb dan yuqori, iyulda 1025 mb dan ziyod. Azor antitsikloni okeanning shu qismida butun yil davomida siklonlarga nisbatan antitsiklonlarning koʻp boʻlib turishidan vujudga keladi. Azor antitsikloni Shim. Tinch okean antitsikloni bilan Shim. yarim shardagi dengiz tropik havo massalarining markazi hisoblanadi. Bu havo massalarining Atlantika qutbiy frontida qutb havo massalari bilan oʻzaro toʻqnashishi natijasida okean ustida koʻplab siklonlar vujudga keladi, bu esa Yevropa ob-havosi va iqlimiga katta taʼsir koʻrsatadi. Azor antitsiklonining ichki qismida bulut kam, havo quruq boʻladi. Azor antitsiklonining ancha quyi kengliklarida, ekvatorga yaqin joylarida Shim. Atlantika passat shamollari esib turadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x