RODONIT (yun. rhodon — atirgul) — silikatlar sinfining vollastonitrodonit guruhiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi CaMns [Si5Ol5]. Tarkibi: 54,15% MpO va 45,85% SiO2. Tabiiy Rodonit tarkibida 14,5% gacha GʻyeO (ferrodonit), 2—9% gacha Sa, Mg, A1 va Zn (foulerit) boʻlishi mumkin. Kristallari (tabletkasimon, prizmasimon) juda kam uchraydi; odatda, mayda donali yoki zich monolit massalar va agregatlar. Rangi qoʻshimchalariga qarab pushti, qoʻngʻirqizgʻish, sargʻishdan to kulranggacha, nurash jarayonida qoragacha oʻzgargan boʻlishi mumkin. Yaltiroqligi shishasimon. Qattiqligi 5,5—6,5. Zichligi 3,5—3,7 g/sm3. Oson nurab, kora yoki toʻq qoʻngʻir marganes gidrooksili (vernadit) va kremniy gidrooksilini hosil qiladi. Rodonit past trali regional va kontakt metamorfizm jarayonlari natijasida hosil boʻladi, baʼzan pegmatitlar tarkibida uchraydi. Mineral yoʻldoshlari psilomelan, rodoxrozit, spessartin va kvars. Yirik Rodonit konlari: Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Italiya, XAPJ Hindiston, AQSH, SultonUvays (Oʻzbekiston), Oltintopkan (Tojikiston)da. Rodonit qurilishda qoplamabezak tosh sifatida ishlatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые