IZOBARIK SIRT

IZOBARIK SIRT — hamma nuqtasida atmosfera havosi bosimi bir xil boʻladigan sirt. I. s. larning oʻzaro joylashuvi havo bosimining fazoda taqsimlanishi toʻgʻrisida taassurot beradi. Sikloida, yaʼni past bosim sohasida Izobarik sirtlar botik, sirtlardan, antitsiklonda, yaʼni yuqori bosim sohasida esa qabariq sirtlardan iborat boʻladi (rasmga q.). I. s. ning qiyaligi shamol tezligini aniqlaydi: I. s. qiyaligi qanchalik katta boʻlsa, shamol tezligi shunchalik kuchli ekanligini bildiradi. Izobarik sirtning biror sath (mas, dengiz sathi va b. sirtlar sathi)ga qiyaligi minut ulushlari bilan oʻlchanadi. Izobarik sirt sath bilan kesishea, izobaralarni hosil qiladi. Asosiy Izobarik sirt lar: 1000, 900, 800,…, 100 mb, soʻngra 50, 25, 10 mb sirtdir. Meteorologiyada, koʻpincha, asosiy Izobarik sirt larning dengiz sathidan balandlik xaritalari tuziladi. Izobarik sirt 1000 mb dengiz sathiga yaqin, 500 mb dengiz sathidan 5 km chamasi balandda yotadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x