NEOFASHIZM

NEOFASHIZM — hoz. oʻng, tajovuzkor harakatlarni anglatuvchi tushuncha. 2-jahon urushidan keyin tarqatib yuborilgan fashist tashkilotlari (q. Fashizm)nnng siyosiy va gʻoyaviy izdoshlari faoliyatini ifodalaydi. Neofashist guruhlari va partiyalari terro-ristik diktaturaga intiladi. Bu yoʻlda ular siyosiy manfaatlari mos tushgan hukmron doiralar bilan yaqin aloqada boʻladi. Neofashizm ashaddiy shovinizm, irqchilik va jaholatparastlik gʻoyalariga suyanadi. Hoz. davrda bunday kayfiyatdagi guruhlar turli mamlakatlarda paydo boʻlmoqda. Ular har xil qoʻporuvchilik ishlari bilan demokratik jarayonlarga xalaqit bermoqda. Mac, Ang-liyada «Milliy front», Gollandiya, Belgiya, Skandinaviya mamlakatlari, AQSH, Rossiya va b. davlatlarda neofashist guruhlari va tashkilotlari fao-liyati namoyon boʻlib turibdi. Ular turli shiorlar va maqsadlar ostida goh oshkora, goh yashirin tusda harakat olib bormoqda. Neofashizm xalqaro keskinlik, militarizm va qurollanish poygasi ta-rafdoridir. Chunki bunday sharoit ular koʻzlayotgan maqsadlariga erishish uchun qulay vaziyatni yuzaga keltiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x