NEMIS TILI

NEMIS TILIhind-yevropa tillari oilasidagi german tillari guruhiga mansub til. GFR, Avstriya Respublikasi, Shveysariya Konfederatsiyasi (qisman), Lyuksemburg Gersogligi (qisman), Belgiya Qirolligining rasmiy tili. Rossiya Federatsiyasida, Shim. va Jan. Amerikaning bir kancha mamlakatlarida ham tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 110 mln. kishidan ortiqrokdir. Nemis tili frank, saks, turing, alemann, bavar singari gʻarbiy german kabilalari shevalari asosida tarkib topgan va quyi nemis, oʻrta nemis va jan. nemis lahjalariga, har bir lahja guruhi esa gʻarbiy va shar-qiy guruhchalarga ajraladi. Nemis tilining taraqqiyot tarixida milliy tilgacha boʻlgan (16-a. gacha) va milliy til (18-a. dan) davrlari farqlanadi; 16—17-a. lar oʻtish davri hisoblanadi. Hoz. ada-biy til meʼyorlarining shakllanishi asosan 18-a. oxirida tugallanib, bu davrda grammatik tizim va imlo barqarorlashgan.

Hoz. Nemis tili fonologik tizimida monoftong va diftonglar 45 foizni tashkil etadi (16 unli fonema va 3 diftong); undoshlar tizimi 18 undosh fonema va 2 qorishiq tovushdan iborat. Barcha fonemalar hosil boʻlish oʻrni, usuli va talaffuzi jihatidan oʻzaro farqdanadi, muayyan oʻziga xosliklarga ega. Grammatik qurilishi analitiksintetik xususiyat b-n ajralib turadi. Mas, otlarda jins va kelishik shakllari, asosan, analitik tarzda, son kategoriyasi esa sintetik tarzda ifodalanadi. Bu holat boshqa soʻz turkumlaridagi shakllar ifodasida ham ku-zatiladi. Gapning asosiy turi feʼl markazli ran. Yasama, qoʻshma feʼllardan ifodalangan kesim qismlarining ran tarkibida distant holatda qoʻllanishi Nemis tilining aloqida xususiyati hisoblanadi.

Soʻz yasash vositalari tizimi yaxshi rivojlangan; soʻz qoʻshish bilan ot (asosan, termin) yasalishi keng qoʻllanadi. Lugʻat tarkibida asl nemischa soʻzlar qatori lotin, fransuz, italyan, ingliz va b. tillardan oʻzlashgan soʻzlar ham koʻplab uchraydi. Yozuvi lotin grafikasiga asoslangan.

Adabiy Nemis tilining Avstriya va Shveysariyadagi variantlari Germaniyadagi variantidan adabiy tildan turlicha foydalanish va uning lahjalar hamda soʻzlashuv tiliga munosabati nuqtayi nazaridan oʻzaro farqdanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x