AJANTA

AJANTA — Hindistonning gʻarbidagi shaharcha nomi bilan yuritiluvchi meʼmoriy majmua. Avrangoboddan shim.sharq,da, Mahorashtra shtatida. A. Vagxora daryosi yoqasidagi tosh qoyalarga yasalgan 29 Budda ibodatxonalaridan iborat (mil. av. 2-a. — mil. 7-a.). Jami 29 ta gʻor ichiga zal ishlangan. Ajanta majmuasi qad. xalq meʼmorligi uslubida yaratilgan. Ajantaning keyingi qurilgan qismlari haykallar va devoriy rasmlar bilan bezatilgan. Ularda tantanali shodiyonalar va xalq sanʼati aks ettirilgan. Sanʼatkorlar haykaltaroshlik va rassomlik asarlariga xalq badiiy ijodiga xos realistik ruh va goʻzallik bera olganlar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x