NUTTALLIOZ — toq tuyok/sh hayvonlar, asosan, otlarda uchraydigan protozoy kasalligi. Qoʻzgʻatuvchisi eritro-sitlarda parazitlik qiluvchi bir hujayrali Nuttallia equi organizmlari. Nuttalliozni kanalar tarqatadi. Kasal hayvonning harorati koʻtariladi, boʻshashadi, ishtahasi yoʻqoladi, shilliq pardalari sargʻayadi. Qonda eritrotsitlar soni va gemoglobin miqdori kamayadi. Ka-sallik 2—6 haftagacha, baʼzan undan ortiqqa choʻziladi. Tashhis klinik belgilar va qonda qoʻzgʻatuvchining topilishiga qarab qoʻyiladi.
Davolash: flavakridin, piro-plazmin (akarpin), azidin, sulfantrol va b. dori-darmonlar qoʻllaniladi.
Oldini olish: N. kasalligini tarqatuvchi iksod kanalarini yoʻqotish.