QISHKI QUYOSH TURISHI

QISHKI QUYOSH TURISHIQuyosh gardishining osmon gumbazidagi yillik koʻrinma harakati davomida gardish markazining ekliptikaning eng jan. nuqtasidan oʻtish payti. Bu paytda Quyoshning ogʻish burchagi — 23°27ʻ boʻladi. Qishki quyosh turishi paytiga yaqin kunlarda Quyoshning koʻrinma harakati ekvatorga deyarli parallel boʻladi, natijada uning tush paytidagi balandligi bir xil boʻlib, kun uzunligi oʻzgarmaydi. Tropik yil (365,2422 sutka) bilan kalendar yili (365 yoki 366 kun) teng emasligi sababli, Qishki quyosh turishi kalendar sut-kaning boshlanishiga nisbatan turli vaqtlarga mos keladi, oddiy yillarda 5 soat 48 min. 46 sek. kechroq, kabisa yilida esa 18 soat 11 min. 14 sek. oldinroq kelishi mumkin. Hozirgi paytda Quyosh Qishki quyosh turishi nuqtasidan 21 yoki 22 dek. da (astronomik qish boshlanadi, chilla kiradi) oʻtadi. Quyosh Qishki quyosh turishi boʻlganida Shim. yarim sharda eng qisqa kun va eng uzun tun, Jan. yarim sharda esa aksincha boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x