OQOLTIN TUMANI

OQOLTIN TUMANISirdaryo viloyatidagi tuman. 1971-y. 29 avg. da tashkil etilgan. Shim. dan Krzogʻiston Respublikasi, shim.-gʻarbdan Jizzax viloyatining Mirzachoʻl, jan.-gʻarbdan Doʻstlik tumanlari, jan. dan viloyatning Sharof Rashidov, shim.-sharq, jan.-sharkdan Mirzaobod va Mehnatobod tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 0,57 ming km2. Aholisi 51,3 ming kishi (2003).

Oqoltin tumanida 6 qishloq fuqarolar yigʻini (Andijon, Boʻston, Sardoba, Fargʻona, Shodlik, Gʻalaba) bor (2003). Markazi — Sardoba qishlogʻi.

Tabiati. Relyefi, asosan, tekislik boʻlib, Mirzachoʻl dashtidan ibo-rat. Tuproklari turli xil boʻz tuproq. Baʼzi xoʻjaliklarda yer osti suvlari yuza, bu yerlarda shoʻrxok tuproqlar tarqalgan. Shoʻrlanishga qarshi ochiq va yopiq kollektorlar qurilgan. Yerlar Jan. Mirzachoʻl kanali va Markaziy tarmoq kanalidan sugʻoriladi. Iklimi keskin kontinental. Qishi sovuq. Kuchli so-vuqshamollar esadi. Yanv. da t-ra —15°, —20°gacha pasayadi. Yozi issiq, iyulda oʻrtacha t-ra 30°. Ahyonahyonda garmsel esadi. Garmselga qarshi daraxtzorlar barpo qilinmokda. Bahor seryogʻin. Mart, apr. da yillik yogʻinning 70% yogʻadi. Yov-voyi oʻsimliklardan, yantoq, shuvoq, yulgʻun, oqbosh, tuyaqorin va b. oʻsadi.

Yovvoyi xayvonlardan boʻri, chiyaboʻri, ondatra, quyon, tulki, yumronqoziq, toshbaqa, turli xil ilonlar, kaltakesaklar; qushlardan choʻl burguti, kalxat, boyoʻgʻli, gurrak, popishak, soʻfitoʻrgʻay, bulbul, zogʻcha, togʻ maynasi va b. bor.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, tojik, rus, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. Axrlining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 90 kishi (2003).

Xoʻjaligi. Paxtachilik tuman xoʻjaligining asosiy tarmogʻidir. Tumanda jami yer mayd. 36,9 ming ga dan ziyod. Shundan 19,9 ming ga yerga paxta, 14,1 ming ga yerga donli ekinlar, shuningdek, sabzavot va poliz ekinlari, beda ekiladi, mevazor, tokzor va tutzorlar bor. Krramol boqiladi, pilla yetishtiriladi. Tumanda paxta tozalash korxonasi, 22 umumiy taʼlim maktabi, 3 kollej, kutubxonalar, klublar, markaziy kasalxona, poliklinika va b. tibbiy muassasalar mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x