OTAMURODOVA

OTAMURODOVA Orzigul( 1923.5.1, Nukus tumani) — xonanda. Oʻzbekiston xalq artisti (1969). Koraqalpoq davlat musiqali drama va komediya teatri qoshida ochilgan balet kursini tugatgan (1944). 1953-y. gacha shu teatrda aktrisa sifatida ishlab, Oysanam (S. Xoʻjaniyozov; O. Halimov, J. Shomurodov, «Suyma-ganga suykanma»), Hurliyman (J. Oymirzayev; O. Halimov, «Berdaq»), Shohista (Uygʻun; M. Leviyev, «Oltin koʻl») kabi obrazlarni yaratdi. Berdaq no-midagi Koraqalpoq davlat filarmo-niyasi (1959—63), Qoraqalpoq davlat televideniyesi va radio qoʻmitasi (1953—59 va 1967-y. dan) yakkaxon xonandasi. «Eshvoy», «Hoshim polvon», «Yora yondim» kabi xalq, «Vatanim — jonim onam», «Bogʻbon qiz», «Boʻylaringdan» singari zamonaviy qoʻshiqlar Otamurodova repertuaridan urin olgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x