INTERPOLYATSIYA

INTERPOLYATSIYA (lot. inter – orasida va polio — tekislayman) — 1) matematikada — bir necha nuqtada berilgan funksiya qiymatlaridan shu nuqtalar orasidagi nuqtalarda funksiyaning taqribiy qiymatini topish. Interpolyatsiyadan farqli ravishda ekstrapolyatsiya da funksiyaning taqribiy qiymati berilgan nuqtalardan tashqaridagi nuqtalarda topiladi;

2) statistikada — voqealar qatoriningoraliq hadlari taxm. qiymatlarini matematik usulda hisoblab topish; qatorning nomaʼlum qiymatlarini topish. Qatorning nomaʼlum qiymatlari qatorning maʼlum hadlari orqali hisoblab topiladi yoki mikdori aniq boʻlgan boshqa hadlar bilan oʻzaro bogʻliqyaigi asosida aniqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x