INONCHXON

INONCHXON, Oʻgʻul hojib (asl ismi Badruddin Oʻgʻul hojib (?—1223) — anushteginiylar — xorazmshohlar amiri lashkarlaridan, hojib (13-a.). Muhammad Xorazmshoh 1216-y. yozidagi Irgʻiz daryoʻsi boʻyidagi jangsa koʻrsatgan qahramonligi evaziga Inonchxon unvonini beradi. Jaloliddin xorazm-shoh etib tayinlangandan soʻng oʻrganchga kelganda Inonchxon qipchoq amirlarining unga qarshi uyushtirayotgan suiqasddan oʻz vaqtida ogohlantirgan. 1219-y. I. amir Ixtiyoruddin Kushlu bilan birgalikda Buxoro mudofaasiga raxbarlik qiladi. Moʻgʻullar Buxoroni istilo qilganlaridan soʻng Inonchxon Nasa (Niso) viloyatiga keladi. Bu yerda Muqammad Xorazmshohningtoʻzib ketgan askarlarini toʻplashga erishadi, qurol-yarogʻ, otlar, ki-yim-kechak, oziqovqat gʻamlab, kurashni davom ettiradi. Nashjuvon otlogi yaqinida moʻgʻul bosqinchilarini tor-mor keltiradi. Soʻngra I. Obivard tomon yurish qilgan. Bu yerda unga Muhammad Xorazmshohning yana anchagina jangchilari va amirlari kelib qoʻshilgan. 1221-y. I. Sabzavorni uz tasarru-figa kiritadi. Hurosonning katta qis-miga hukmronlik qilishga muvaffaq boʻlgan Inonchxon 1223-y. da al-Xalqa mavzeida moʻgullar (10 ming kishi) bilan yana jang qiladi, lekin bu muhorabada Inonchxon yengiladi. Rey sh. da turgan Gʻiyosudsin Pir-shoh (Muhammad Xorazmshohning oʻgʻli) saroyidan panoh topadi va bir necha kundan soʻng zaharlab oʻldiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x