REVERBERATSIYA

REVERBERATSIYA (lot. reverberatio — qaytarish) — yopiq xonada manbadan chiqayotgan yoki qaytgan tovush toʻxtagandan keyin uning birdan soʻnmay, asta-sekin soʻnishi. Reverberatsiya tufayli xonaning har bir nuqtasiga tovush bir vaqtda yetib kelmaydi. Xonaning havo egallagan hajmi juda koʻp xususiy chastotali tebranma tizimlardan iborat. Har bir tebranma tizim xususiy soʻnish koeffitsiyentiga ega (bu koeffitsiyent xonaning oʻlchamiga, shakliga va b. ga bogʻliq). Shuning uchun turli chastotali tebranishlar bir vaqtda soʻnmaydi. Berk xonada nutq va muzikaning eshitilishiga Reverberatsiya sezilarli taʼsir etadi.

Reverberatsiya davomiyligi Reverberatsiya vaqtidan iborat boʻlib, bu vaqt ichida tovush intensivligi 106-marta, sathi 60 db ga kamayadi. Xonaning akustik sifatini aniqlashda Reverberatsiya vaqti muhim omil hisoblanadi. Xona qancha katta boʻlsa va uning devorlari tovushni qancha kam yutsa, Reverberatsiya shuncha davomli boʻladi. Reverberatsiya vakti manbadan chikayotgan tovush toʻxtatilgandan keyin uning soʻnish jarayonini yozib olish yoʻli bilan oʻlchanadi; bunda oʻzi yozadigan logarifmik shkala qoʻllanadi. Reverberatsiya darajasini aniqlash, elektromagnit toʻlqinlarni oʻlchash uchun Reverberatsiya kamerasi (maxsus xona)dan foydalaniladi. Teatrlar va konsert zallarini qurishda Reverberatsiya albatta hisobga olinadi (q. Akustika).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x