LATIPOV Rahmatjon Mamadaliyevich

LATIPOV Rahmatjon Mamadaliyevich (1941.1.5, Samarqand) — opera xonandasi (tenor), Oʻzbekiston xalq artisti (1999). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1970). Samarqand opera va balet teatri (1970—92), Navoiy teatrы (1992-y. dan) da yakkaxon xonanda. Oʻzgarishlarga boy, chiroyli va kuchli ovoz sohibi. Opera sahnasida Moniy (M. Ashrafiy, «Dilorom»), Choʻponali (S. Yudakov, «Maysaraning ishi»), Almaviva (J. Rossini, «Sevilya sarta-roshi»), Alfred, Gersog, Manrike, Otello (J. Verdi, «Traviata», «Rigoletto», «Trubadur», «Otello»), Lenskiy, German (P. Chaykovskiy, «Yevgeniy Onegin», «Qargʻa motkasi») va b. ; operettada Danila (Legar, «Xushchaqchaq beva»), Genrix Eyzenshteyn (Shtraus, «Koʻrshapalak») kabi rollarni ijro etgan. Konsert repertuaridan oʻzbek va rus kompozitorlari romans hamda estrada qoʻshiqlari (I. Akbarovning «Yor, kel», «Raʼno», S. Yudakovning «Kuylama, sohibjamol» va b.), neapol xalq qoʻshiqlari oʻrin olgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x