RIU-GRANDI-DUNORTI

RIU-GRANDI-DUNORTI — Braziliyaning shim. sharqiy qismidagi shtat. Mayd. 53,3 ming km2. Aholisi 2,7 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Natal sh. Yirik shaharlari: Mosoro, Makau va b. Shtatning jan. va markaziy qismi oʻrqirli platodan iborat boʻlib, shim. va sharkda Atlantika boʻyi tekisligiga oʻtib boradi. Iklimi subekvatorial, issiq, gʻarb va jan. da quruq iklim. Oʻrtacha oylik tralar 24 — 28°, yillik yogʻin gʻarb va jan. da 600 — 700 mm dan shim. va sharqiy qismida 900—1000 mm gacha. Savannalar, palma oʻrmonlari, butazorlar bor. Iqtisodiyotining asosini q. x. va oʻrmon xoʻjaligi tashkil etadi. Shakarqamish, paxta, sizal ekiladi. Shuningdek, maniok, makkajoʻxori, sholi, dukkakli ekinlar yetishtiriladi. Chorvachilik suyet rivojlangan. Baliq ovlanadi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal sanoati korxonalari bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x