ANTROPOSOFIYA

ANTROPOSOFIYA (antropo… va yun. sophia — donishmandlik) — xudo oʻrnida ilohiylashtirilgan odamga eʼtiqod qilishni targʻib etuvchi taʼlimot. 20-a. maʼnaviy hayotida paydo boʻlgan bu taʼlimotga nemis olimi R. Shteyner (1861 – 1925) asos soldi. Odamni ilohiylashtirgan Antroposofiya uch olam: oliy — ruhiy, oʻrta — avstral (energiya), quyi — tabiiy (materiya) olam bor, deb qaraydi. 1913-y. da «Umumiy antroposofik jamiyat» deb atalgan tashkilot tuzilgan. Bu jamiyatning turli mamlakatlarda 47 mingdan ziyod aʼzosi boʻlgan. Antroposofiya gʻoyalari soʻnggi paytlarda ped. da (Valdorf maktablari), sanʼatda (evritmiya), tibbiyotda (shu jumladan farmatsevtikada), q. x. da namoyon boʻla boshladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x