ANTRATSIT

ANTRATSIT (yun. anthrakitis — kumir turi) — kuchli metamorflashgan qazilma koʻmir. Toshkoʻmirlar jumlasiga kiradi. Qora, yaltiroq, baʼzan kulrang va sargʻish tusda tovlanadi. Mineralogik shkala boʻyicha qattiqligi 2,0 — 2,5, organik massa zichligi 1500 — 1700 kg/ m3; organik massaning yonish issiqligi 33,9 – 34,8 Mj/kg (8100 – 8350 kkalGʻkg); analitik namligi 1 — 3%, yonuvchi massada 9% uchuvchan modda, 97 foizgacha uglerod, 3 foizgacha vodorod bor. Dunyodagi koʻmir zaxirasining 3 foizini tashkil etadi. Asosan Donbass (Ukraina), Kuzbass (Rossiya) da, AQSH, Xitoyda qazib chiqariladi. Antratsit oʻzidan elektr tokini yaxshi oʻtkazganligi uchun undan elektrodlar tayyorlanadi. Antratsit asosan yuqori darajali yoqilgʻi sifatida metallurgiyada ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x