REPRIZA

REPRIZA (frans. repris — takrorlash, qayta ijro etish) — 1) sirk va estradada — komik adabiy yoki pantomima nomeri (baʼzan hazil; latifa);

2) ot sirkida muayyan vaqt davomida otning bir xil chopishi;

3) sirkning boshqa janrlarida Repriza deb bir necha marta ketmaket qaytariladigan tryuklar ataladi. Sirk sanʼatida Repriza termini 19-a. ning 1-yarmidan boshlab yuritilgan. Oʻzbek masxaraboz va qiziqchilari hamda sirk klounlari (K. Zarifov, A. Yusupov, N. Nurmatov, E. Parpiyev, O. Hakimov, G. Zastavnikov, P. Borovikov va b.) repertuaridan Reprizalar keng oʻrin egallagan;

4) musiqada — mavzuning (uning rivoj bosqichidan keyin) yoki musiqa asari biron boʻlimining (boshqa boʻlimlaridan soʻng) takrorlanishi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x