ANTLAR

ANTLAR — slavyan qabilalari ittifoqining 6 — 7-a. boshida Vizantiya va got tarixchilari asarlaridagi qad. nomi. «Ant» soʻzi birinchi marta 3-a. ga oid Kerch hujjatlarida tilga olinadi. Antlar Dnestr va Dnepr daryolari oraligʻida yashagan. 4 — 6-a. larda Antlarda chorvachilik, dehqonchilik va hunarmandchilik (kulolchilik, zargarlik, toʻqimachilik va temirchilik) ancha rivojlangan; hunarmandchilik mahsulotlari, asosan, ichki va tashqi savdo uchun tayyorlangan. Aning qad. madaniyati fanda «Chernyaxovskaya madaniyati» nomi bilan yuritiladi. Ijtimoiy tuzumi — harbiy demokratiya. Gotlar, Vizantiya va avarlarga qarshi urush olib borganlar. Antlar Rim imperiyasi bilan savdo-sotiq qilgan. Arxeologik qazilmalarda Rimda yasalgan kumush tangalar, shisha, metall va sopol idishlar hamda zeb-ziynatlar uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x