REZIDENT (lot. residens — oʻtiruvchi, joyida qoluvchi) — 1) oʻrta asrlarda muayyan mamlakatda doimiy yashovchi chet ellik diplomatik vakili;
2) mustamlakachi davlatning protektoratdagi vakili; odatda, u ana shu protektoratning hokimi hisoblangan;
3) chet el razvedkasining boshka biror davlatdagi yashirin vakili;
4) muayyan mamlakatda milliy qonunchilikka toʻla rioya qiluvchi roʻyxatdan oʻtgan yuridik yoxud jismoniy shaxs.