REDUTSENTLAR (lot. reducens — qaytayotgan, qayta tiklanayotgan) , destruktorlar — ulik organik moddalar b-n ozikdanib, uni minerallashtiradigan (destruktor) organizmlar. Redutsentlar organik moddalarni parchalab, produtsentlar oʻzlashtira oladigan oddiy anorganik birikmalargacha olib keladi. Redutsentlarga saprotrof bakteriyalar, zamburugʻlar va bir qancha hayvonlar (yomgʻir chuvalchanglari, saprotrof hasharotlar, oʻlimtikxoʻr hayvonlar) kiradi. Quruqlik ekosistemalarida organik qoldiklarning parchalanishida tuproq hayvonlari (yomgʻir chuvalchanglari, hasharotlar va ularning lichinkalari), bakteriyalar va zamburugʻlar katta ahamiyatga ega. Redutsentlar yordamida oʻrmonlar tuprogʻida har yili hosil boʻladigan oʻsimlik qoldiklarining 90% ga yaqin qismi oʻzlashtiriladi. Suv ekosistemasida Redutsentlar funksiyasini plankton hayvonlar bajaradi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые