LITOKIMYOVIY SYOMKA

LITOKIMYOVIY SYOMKA, metallometrik syomka — foydali qazilmalarni izlashning eng muhim geokimyoviy usuli, tog jinslari va ularning nurash mahsullari kimyoviy tarkibini rejali ravishda oʻrganishga asoslangan. Litokimyoviy syomka olingan namunalarning barcha xususiyatlarini kimyoviy va spektral metodlar yordamida aniqlaydi. Natijada foydali qazilmaning asosiy yoki yoʻldosh elementlarining lito-kimyoviy anomaliyalari, tarkibi aniklanadi. Litokimyoviy anomaliya zonasida rudani qazib olish va uning sanoat ahamiyatini aniklash maqsadida qidiruv-razvedka ishlari olib boriladi. Litokimyoviy syomka yeda konlarning joylanish krnuniyatini aniklash maqsadida dare va ariqlarning quruq oʻzanlaridagi allyuvial-prolyuvial yotqiziqlar tekshirib koʻriladi. Litokimyoviy syomka oʻrganilayotgan hududning relyefi, geologik tuzilishiga qarab har xil zichlik (2,0×0,5 km; 500×50 m; 100×20 m) hamda masshtabda (1:200000; 1:50000; 1:10000) oʻtkazi-ladi va geologik, geofizik syomkalar bilan birga olib boriladi. Litokimyoviy syomka natijasida foydali qazilmaning xarita, kesma va elementlar tarkibi grafigi tuziladi. Litokimyoviy syomka yordamida kuplab rangli va noyob metall konlari topilgan (mas, Oʻzbekistonning oltin rudali Muruntov koni).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x